Arbeloa Sebalosni nega tarkibga kiritmaganini izohladi

  • 25.04.2026 13:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Dani Sebalyosning "Betis"ga qarshi safar uchrashuvi (1:1) uchun qaydnomaga kiritilmagani sababini tushuntirdi.

Ispaniyalik futbolchi so‘nggi to‘rt o‘yinda zahirada qoldirilgan edi. Avvalroq matbuotda Sebalyos mavsum yakunlangandan keyin klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

Uchrashuvdan keyin jurnalistlar Arbeloadan Sebalyosning nega jamoa bilan safarga bormaganini so‘rashdi.

"Men har doim talablarga javob beradigan futbolchilarni tanlayman", — dedi murabbiy.

Futbolchi bilan bog‘liq qandaydir muammo bor-yo‘qligi haqidagi qo‘shimcha savolga ham Arbeloa shu javobni takrorladi:

"Men har doim talablarga javob beradigan futbolchilarni tanlayman".

Bu javob Arbeloning Sebalyos kelajagi borasidagi muhokamalarni yanada kuchaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!