Arda Gyuler: Bu gaplarga ishonmanglar!
“Real” yarim himoyachisi Arda Gyuler “Fenerbahçe”da u bilan ishlagan murabbiy Serxat Pekmejchi tomonidan aytilgan Madriddagi jamoadoshlari uni kamsitgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.
- Kareram boshida muhim rol o‘ynagan Serxat Pekmejchi janoblari tomonidan qilingan so‘nggi ommaviy bayonotlarni qayg‘u bilan kuzatdim.
“Qirollik klubi”ga kelgan birinchi kunimdanoq meni iliq kutib olishdi va men har doim bu klubni oilam, deb hisoblaganman. Men “Real” futbolchisi ekanimdan juda faxrlanaman va bu emblemani yana ko‘p yillar himoya qilishni istayman.
Bizda juda kuchli jamoa bor va barcha jamoadoshlarim bilan birga o‘ynash imkoniyatidan xursandman hamda bundan g‘ururlanaman. Iltimos, bu masala bo‘yicha yozilgan yoki aytilgan har qanday izoh va xabarlarga e’tibor bermaslikni so‘rayman, - deb yozdi Gyuler ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ta’kidlash lozimki,avvalroq Serxat Pekmejchi Arda Gyulernig Madriddagi muammolari va o‘zini ortiqcha yuqori baholaydigan jamoadoshlari uni mensimaganligi haqida gapirgan edi.
Fikrlar