Areolya "Real"dan ketmoqchi

  • 13.04.2020 13:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumni “Real” safida ijarada o‘tkazayotgan PSJ darvozaboni Alfons Areolya yangi mavsumni yangi jamoada boshlamoqchi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

27 yoshli frantsiyalik posbon “qirollik klubi”dan ketmoqchi. Ammo, Parijga qaytish niyati ham yo‘q. U muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni maqsad qilgan. Unga esa APL klublaridan qiziqishlar mavjud.

Areolya joriy mavsum “Real” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 9 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transfer narxi esa 13 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!