Argentina bosh murabbiyi jamoani tark etmoqchi?

  • 22.11.2023 09:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Braziliya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Lionel Skaloni jurnalistlar savoliga javob berdi. U jamoani tark etishiga ishora qilmoqda. 

"Kelajagim haqida o‘ylab ko‘rish vaqti keldi. Bunday jamoa bilan ishlash uchun bor energiyangizni sarflashingiz kerak. Xayrlashayotganim yo‘q, lekin talab qilinayotgan narsa juda ko‘p. Argentinaga kuch-quvvatga to‘la murabbiy kerak", - dedi Skaloni. 

Ma’lumot uchun, Lionel 2018 yili Argentinani qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida jamoa "Kopa-2021" va "JCh-2022" kabi yirik turnirlarda zafar quchdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!