Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Messi bilan uchrashdi
Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia uvidelsya "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi bilan uchrashdi.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ularning o‘zaro uchrashuvi kecha Madridda bo‘lib o‘tgan Libertadores kubogi finali paytida bo‘lib o‘tgan. Suhbat chog‘ida prezident 1 yoshli argentinalik futbolchidan terma jamoaga qaytish rejalari haqida so‘ragan. Ammo, Messining bunga qanday javob bergani hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Messi yozda Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018 o‘yinlaridan so‘ng Argentina terma jamoasidagi faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatgan edi.
Ma’lumot uchun, Messi “albasetlar” safida shu kungacha jami 128ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 65ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar