Argentina terma jamoasi darvozaboni Martines singan barmoq bilan "JCh-2026"da o‘ynayotganini aytdi
Argentina terma jamoasi va «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines jahon chempionati — 2026 musobaqasida maydonga og‘riqqa qaramay tushayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, musobaqa boshlanishidan oldinoq barmoği sinib, shunga qaramasdan o‘ynashga qaror qilgan. 33 yoshli posbon 20 may kuni «Aston Villa» va «Frayburg» o‘rtasidagi Yevropa ligasi finali oldidan qizish mashqlari paytida jarohat olgan. O‘sha uchrashuvda angliyalik klub g‘alaba qo‘zongan edi.
«Hali ham og‘riq to‘xtagani yo‘q. Qo‘lim og‘rishini bilardim, lekin jarrohlik amaliyotidan qochishga harakat qildim. Angliyada, AQShda va boshqa bir qator davlatlarda qo‘l bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashdim. Albatta, finalda singan barmoq bilan g‘alaba qo‘zonganingdan keyin senga operatsiya qilish kerak, jahon chempionatidagi butun guruh bosqichini o‘tkazib yuborishing mumkin, deyishsa… Buni eshitganimda, avvaliga hatto Argentina terma jamoasi bilan to‘liq mashg‘ulot o‘ta olmadim. Boshimda turli o‘ylar aylanardi. Mening tayyorgarligim jamoadoshlarimnikidan mutlaqo farq qildi. Birinchi o‘yindan ikki kun oldin ham o‘zimni yaxshi his qilmaganman», — deya Martines so‘zlarini keltiradi The Sun nashri.

Fikrlar