Argentina terma jamoasi oʻyinchilari Skaloni jamoada qolishga chaqirmoqda

  • 23.09.2026 12:28
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloning shartnomasi yakunlanish arafasida turibdi.

 

Avvalroq argentinalik mutaxassis nima uchun milliy jamoa bilan shartnomani uzaytirishga shoshmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Shu bilan birga, AOL nashri yozishicha, terma jamoa futbolchilari Skaloni jamoada qolishiga hali ham umid qilmoqda. Masalan, yosh iste’dod egasi Nikolas Pas bosh murabbiy qo‘l ostida ishlashni davom ettirishni istashini ochiq aytdi:

 

«U menga Argentina terma jamoasi safida debut qilish imkonini berdi, umid qilamanki, u jamoada qoladi», – dedi Pas.

 

Mavzu yuzasidan tajribali himoyachi Kristian Romero ham o‘z fikrini bildirdi:

 

«Biz uning qolishini juda istaymiz. U milliy jamoa uchun hal qiluvchi shaxs», – deya ta’kidladi Romero.

 

Skalonining qolishini boshqa argentinalik futbolchilar ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular orasida Leonardo Balerdi va Janluka Prestiani ham bor. Garchi har ikkala­si ham 2026 yildgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, ularning fikricha, Skaloni Argentina terma jamoasining kelajagida muhim o‘rin tutadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!