
Argentinaning sobiq ustozi Urugvay terma jamoasini boshqarishi mumkin
Urugvay futboli rahbariyati milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Uilson Mendezning xabar berishicha, urugvayliklar “Sevilya” klubi, shuningdek, Argentina va Chili terma jamoalari sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli bilan muzokaralar olib bormoqda. Manbaga ko‘ra, hozirda argentinalik mutaxassis va Urugvay futbol assosiasiyasi o‘rtasida shartnoma shartlari muhokama qilinmoqda. Avvalroq, yana bir mashhur argentinalik, ya’ni Marselo Bielsa Urugvayning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi omadsiz jahon chempionatidan so‘ng terma jamoani 2021 yildan buyon boshqarib kelgan Diego Alonso iste’foga chiqarilgan edi. So‘nggi mundialda ikki karra jahon chempionlari musobaqani guruh bosqichidayoq tark etishgan.
Fikrlar