Arina Sobolenko: Dmitriy Tursunov deb kechalari uxlay olmaganman

  • 17 dekabr, 2019, 12:17
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Belaruslik tennischi Arina Sobolenko o‘zining rossiyalik sobiq tennischi, hozirgi kunda murrabiylik qilayotgan Dmitriy Tursunov bilan bo‘lgan tushunmovchiliklarga izoh berdi:

Tecno

"Mashg‘ulotda janjalga nima sabab bo‘lishi mumkin? Masalan, u menga biron narsa qilishni aytardi, men esa qarshilik qilib, unga ishonmasdim. U esa murabbiy sifatida, menga – ishlamaysan, koptokka oxirgacha yugurmaysan, kurashni erta to‘xtatasan, ma’suliyatsizsan der edi.

To‘g‘ri, o‘sib-ulg‘ayish uchun siz ko‘proq ishlashingiz kerak. Ammo menda hech kim, hech qachon Arinani dangasa va ishlamaydi deb aytma olmaydi degan fikr bor. U esa bundanda og‘ir gaplarni aytdi. Men esa jaxlim chiqqan payt, qo‘pol bo‘lib olaman va ko‘zlarimni yumib, haqoratli so‘zlarni aytaman. Shu asosda bizning o‘zrtamizda nizolar kelib chiqdi. 

Hatto biz bir-birlarimizni qattiq haqoratladik. Ishlash imkonsiz bo‘lib qoldi va men o‘zim barchasini tugatishimni aytdim. Va keyin o‘zim uxlay olmadim, chunki u menga kerak bo‘lgan murabbiy ekanligini bilardim, boshqa murabbiy bilan ishlashni istamasdim. Rimda ham shu kabi to‘qnashuvlardan biri bo‘lgan.

Endi esa barchasini bosib o‘tish uchun bir-birimizni yaxshiroq tushunish va moslashish kerakligini tushundim."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!