Arman Tsarukyan: "Birgina kuchli zarba bilan Islom Maxachevning rejalarini buzib tashlayman"
Engil vazn toifasida (70 kg) UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan hamyurti Islom Maxachev bilan bo‘lajak revansh haqida gapirdi .
“Ko‘p jangchilar birgina qattiq zarba o‘tkazib yuborsa, jang rejasini unutadi. Menimcha, Islom bilan ham xuddi shunday. Uni taktikalarini yo‘q qilishim uchun bitta kuchli zarba yo‘llashim etarli" - dedi Arman ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Tsarukyan o‘rtasidagi revansh 19 yanvar kuni Los-Andjelesdagi "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar