
Arman Tsarukyan Islom Maxachevga qarshi jangga Xamzat Chimaevdan yordam so‘ramoqchi...
Xabaringiz bor, UFC engil vazn toifasi chempionligiga da’vogar Arman Tsarukyan katta ehtimol bilan navbatdagi jangini chempion Islom Maxachevga qarshi o‘tkazadi. Shuning uchun tayyorgarlik jarayonini Xamzat Chimaev bilan o‘tamoqchi.
"Shu oyni oxirida Hype Reality shousini suratga olish uchun Tailandga uchib ketaman. Xamzat Chimaev bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun juda ham yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Uning buyi baland, chap tomon "stoyka"da ishlay oladi. Chimaevga menga yordam berishini va birga sparring o‘tkazishini iltimos qilaman. Agar, u yuq demay, sparring sherigim bo‘lsa a’lo ish bo‘lardi. Uning tanasini ko‘rinishi Islamga juda o‘xshaydi",-dedi Tsarukyan.
Fikrlar