Arman Tsarukyan Islom Maxachevning rekordini yangilamoqchi
Javohir Malikov
Taniqli UFC jangchisi kelajakdagi rejalarini e'lon qildi
Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan kelajakda Islom Maxachevning ko‘rsatkichini yangilashni istayapti.
"Islom engil vaznda to‘rt marta titul himoyasini o‘tkazgandi. Men esa avval chempion bo‘lib, keyin kamida besh marta kamarimni himoya qilmoqchiman. Shundan so‘ng karyeramni yakunlayman yoki yarim o‘rta vaznga ko‘tarilaman", — dedi Arman "Deep Waters" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan 19 sentabr kuni "UFC 331" turnirida braziliyalik Maurisio Ruffiga qarshi jang qiladi.

Izohlar (0)