Arman Tsarukyan: "Jastin Getji va Iliya Topuriya janggi hech qachon bekor qilinmaydi, chunki..."
Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan amerikalik Justin Getji va amaldagi chempion Iliya Topuriya to‘qnashuvi hech qachon bekor qilinmasligini aytdi.
"Justin kamdan-kam hollarda jangdan chiqadi. Unga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, hatto jarohat olgan bo‘lsa ham, u oktagonga chiqadi va o‘z haqini olib, faoliyatini yakunlaydi. Kar’yerasi so‘ngida hamma MMAchilar katta pul olishni xohlaydi. Shu bois Getji va Topuriya qarama-qarshiligi bekor qilinishiga ishonmayman", – dedi Arman Adam Zubayraevga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Arman Tsarukyan professional MMAdа hozirga qadar 23 ta g‘alaba (15 tasi muddatdan avval) va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar