Arman Tsarukyan Olimpiada chempionining chaqirig‘iga javob qaytardi

  • 14.06.2026 21:41
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan yaqinda RAF bilan shartnoma imzolagan, erkin kurash bo‘yicha Olimpiada chempioni Jordan Barrouzning chaqirig‘iga munosabat bildirdi.

"Ha, Jordan bilan bahs men uchun ham juda qiziq. 8 yoshimda You Tube orqali uning aql bovar qilmaydigan haylaytlarini ko‘rgandim. 9 yoshimda esa Barrouzning dastxati tushirilgan "Asiks" kurash poyabzalini kiyib yurardim. Kamina uning ashaddiy muxlisi edi. Jordan ga qarshi kurashishni istayman, biroq hozir ko‘proq tajriba orttirishim kerak", - dedi Arman.

Eslatib o‘tamiz, Jordan Barrouzning RAF ligasidagi debuti 22 avgust kuni Klivlenddagi "RAF 12" turnirida bo‘lib o‘tadi, unda "Axalkalakec" ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!