Arman Tsarukyan professional boksda debyut qilmoqchi

  • 17.12.2025 17:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

UFC engil vazn toifasi reytingning birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan professional boksda debyut qilmoqchi.

"Albatta, ringda o‘zimni sinab ko‘rish rejalarim bor. Biroq avval eng kamida UFC chempioni unvoniga erishib, kamarimni himoya qilishni xohlayman. Keyin esa, sof shuhrat va daromad uchun, albatta, qaysidir bloger bilan boksda bellashishni istardim. Kim biladi. Nurlan Saburov, Mixail Litvin, Jeyk va Logan Pol kabi blogerlar bor-ku air. Men buni 10 yildan keyin sinab ko‘rardim", - deya Armanning so‘zlarini keltirdi "Chempionat" muxbiri Maksim Yakovlev.

Avvalroq, Tsarukyan 17 dekabr kuni 80 kg da Mehdi Baydulaevga qarshi greppling bellashuvini o‘tkazishi ma’lum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!