Arman Tsarukyan: "Titul uchun keyingi da'vogar – menman!"

  • 25.04.2026 13:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan 70 kg vazn toifasida UFC chempionligi uchun keyingi da'vogar ekanini aytdi.

"O‘ylaymanki, tez orada titul uchun imkoniyatga ega bo‘laman. Agar Topuriya yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tishni istamasa, men bilan jang qilishiga to‘g‘ri keladi. Charlz va Iliya o‘rtasida revanş o‘tkazilmasligi aniq. Shu bois o‘zimni keyingi da'vogar, deb hisoblayman", – dedi Arman "The Ariel Helwani" dasturiga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Arman Tsarukyan professional MMAda hozirga qadar 23 ta g‘alaba (15 tasi muddatdan avval) 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!