Arman Tsarukyan UFC oktagoniga qaytmoqda: uning keyingi jang sanasi ma'lum
UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o‘rinni egalab turgan Arman Tsarukyan promoushen rahbari Dana Uayt bilan bog‘liq vaziyat va oktagonga qaytish vaqti haqida gapirdi.
"Dana men haqida nima uchun yomon so‘zlar aytayotganini bilmayman, lekin u bilan hech qanday muammo yo‘q, hatto, sahna ortidagi masalalar bo‘yicha ham. Uaytga javob qaytarishimdan foyda yo‘q, chunki men Dana bilan muzokara olib bormayapman. Aksincha, Xanter bilan gaplashmoqdaman, chunki u janglarni tashkil qilishga mas'ul. Dana, ehtimol, boshqa barcha ishlarni bajarar, biroq haqiqiy matchmeykerlar - Shon Shelbi va Xanter Kempbell. Shuning uchun promoushen prezidentiga aytadigan gapim yo‘q. Keyingi jangimga kelsak, bu borada Xanter bilan kelishib oldik. U menga UFC dagi navbatdagi jangim sanasini aytib berdi", - dedi Arman.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan 12 may kuni o‘tkazilgan Hype turnirida Muhammad Mokaevni sabmishn orqali mag‘lub etdi.
Fikrlar