Armaniston armiyasi safida urushda qatnashgan 18 yoshli "Lokomotiv" futbolchisi halok bo‘ldi

  • 17.10.2020 17:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erevanning "Lokomotiv" klubi 18 yoshli yarim himoyachisi Erik Saryanning vafot etganini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, yosh futbolchi Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘da sodir bo‘lgan harbiy harakatlar paytida qurbon bo‘lgan.

“Qayg‘uli yangiliklar. Erik Saryan Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi janglarda qahramonlik bilan halok bo‘ldi. Biz qayg‘uga sherikmiz va Erikning oilasi va yaqinlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. G‘alaba bizniki bo‘ladi”, - deb yoziladi klub bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!