Asosiy mazmunga oʻtish

Arne Slot Angliya klubi bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning maqsadi nima?

Yaqinda “Liverpul” bosh murabbiyligidan ozod etilgan Arne Slotga darrov Angliya Premier-ligasining o‘zidan yangi ish chiqdi.

Biroq niderlandiyalik mutaxassis o‘zini ishga taklif qilgan “Fulxem” bilan hamkorlikni muhokama qilishdan bosh tortdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  Arne Slot faoliyatidagi keyingi qadamini shoshilmasdan tashlamoqchi va “Fulxem” variantini o‘zi uchun munosib loyiha, deb hisoblamagan.

“Fulxem” rahbariyati jamoadan ketishi kutilayotgan Marku Silva o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirmoqda. Marku Silva tez orada “Real” boshqaruvini qo‘lga oladigan Joze Mourinyo o‘rniga Portugaliyaning “Benfika” jamoasiga bosh murabbiylik qiladigan bo‘lyapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q