Arne Slot hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagan

  • 05.10.2025 10:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”da ham inqiroz boshlangan ko‘rinadi. “Qizillar" Premer-liganing ettinchi turida Londonda “Chelsi” mehmoni bo‘lib, murosasiz o‘tgan bahsda raqibga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

BBC jurnalistlarining yozishicha, bu natija liverpulliklar bosh murabbiyi Arne Slot uchun antirekord sifatida qayd etiladigan bo‘ldi.

45 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatida ilk bor ketma-ket uchta uchrashuvda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bu uning faoliyatidagi eng yomon seriya hisoblanadi.

Arne Slot shogirlari “Chelsi”dan avval ichki chempionatda “Kristal Pelas”ga ham 1:2, Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich ikkinchi turida “Galatasaroy”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygandi.

E’tiborli jihati shundaki, “Liverpul” ketma-ket uch marotaba engilgan o‘yinlarning barchasi raqib maydonida bo‘lib o‘tgan.

Arne Slot “Liverpul”ga kelgunga qadar Gollandiya chempionatlarida “AZ Alkmaar” hamda “Feyenoord” kabi etakchi jamoalarda bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!