Arne Slot Jotaning vafotiga izoh berib, uning oilasiga hamdardlik bildirdi

  • 3 iyul, 23:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Diogu Jotaning avtohalokatda halok bo‘lishi haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Nima deyish mumkin? Shok va og‘riq hali shunchalik kuchli bo‘lgan paytda qanday so‘z topish mumkin? Kerakli so‘zlarni aytishni istardim, ammo buning uddasidan chiqa olmasligimni bilaman. 
 
Menda faqat his-tuyg‘ular bor, xolos. Bu tuyg‘ularni biz juda sevgan inson va futbolchiga hamda biz uchun g‘oyat aziz bo‘lgan oilaga nisbatan ko‘pchilik boshdan kechirayotganini anglayman. 
 
Mening dastlabki fikrlarim futbol murabbiysining o‘ylari emas. Bu ota, o‘g‘il, aka va tog‘aning mushohadalari bo‘lib, ular tasavvur qilib bo‘lmas yo‘qotishni boshdan kechirgan Diogu va Andre Silva oilasiga qaratilgan. 
 
Ularga aytmoqchi bo‘lgan gapim juda oddiy: siz hech qachon yolg‘iz qolmaysiz. "Liverpul" futbol klubi o‘yinchilari, xodimlari, muxlislari - barchasi siz bilan birga. Bugun ko‘rganlarimdan kelib chiqib, keng futbol oilasi haqida ham xuddi shunday deyish mumkin"
– dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!