Arne Slotga yangi ish topildi
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot debyut mavsumidayoq Angliya Premier-ligasi gʻolibligiga erishib, katta shov-shuv koʻtargan edi.
Biroq bu mavsum niderlandiyalik mutaxassis chempionlik unvonini munosib himoya qila olmadi. Jamoaning oʻyinida ham natijalarida ham pasayish kuzatildi.
“Liverpul” bosh murabbiyni almashtirishi haqidagi maʼlumotlar anchadan beri bor. Mersisaydliklar Arne Slot bilan xayrlashishi mumkin.
Slot ishsiz qolmaydi. Unga hozirning oʻzidan taklif bor.
Indykaila News nashri xabar berishicha, Arne Slotni “Ayaks” murabbiy sifatida koʻrishni istamoqda. Amsterdam klubi niderlandiyalik mutaxassis bilan rasmiy aloqaga chiqqan.
- Manbalarning taʼkidlashicha, dastlabki muzokaralar juda ijobiy va yuqori darajada oʻtgan, - deyiladi xabarda.
Arne Slot oʻz vatanidа bir nechta klublarda, jumladan “AZ Alkmaar” va “Feyenoord”da muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.
Fikrlar