Arne Slotning "Liverpul"dagi kelajagi mavsum so'ngida hal bo'ladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot kamida joriy mavsum yakuniga qadar oʻz lavozimida qoladi. Bu haqida jurnalist Lyuis Stil xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, mavsum tugagach, klub rahbariyati mutaxassisning ishini batafsil baholab, uning kelajagi boʻyicha yakuniy qaror qabul qiladi.
Qayd etilishicha, joriy mavsumda biror sovrin qoʻlga kiritilishi Slotning kelasi yil ham jamoada qolish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.
Arne Slot "Liverpul"ni 2024 yil yozida qabul qilib olgan edi. Niderlandiyalik murabbiy oʻzining ilk mavsumidayoq mersisaydliklarni Angliya chempioniga aylantirgan.
Biroq joriy mavsum Premier-ligada jamoa uchun unchalik omadli kechmayapti. 31 turdan soʻng "Liverpul" 49 ochko bilan musobaqa jadvalidа beshinchi oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar