
Arsen Venger faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri joriy mavsum yakunlangach jamoadan ketishidan xabaringiz bor. Shu bois rimliklar rahbariyati ushbu lavozimga munosib nomzod qidirmoqda.
Leggo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Arsenal”dan ketgach ishsiz yurgan Arsen Venger “bo‘rilar”ning bu boradagi qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi. Ular 69 yoshli frantsiyalik mutaxassisni Raneri o‘rniga munosib nomzodlardan biri sifatida qarashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” ayni damda A seriyada 62 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar