"Arsenal" — Angliya futboli tarixida yangi rekord o‘rnatdi

  • 30.10.2025 16:08
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi Angliya Liga kubogi 1/8 final bosqichida o‘z maydonida "Brayton"ni 2:0 hisobi bilan mag‘lub etib, tarixiy natijaga erishdi.

Uchrashuvda Eton Nvaneri 57-daqiqada hisobni ochdi, 76-daqiqada esa Bukayo Saka gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

"Opta Sport" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» Angliya futboli tarixida bir oy ichida ketma-ket oltita o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan holda g‘alaba qozongan birinchi jamoaga aylandi.

Shu oy davomida "kanonirlar" quyidagi raqiblarni mag‘lub etishdi:

"Kristal Pelas" — 1:0
"Fulxem" — 1:0
"Vest Xem" — 2:0
"Atletiko Madrid" (ChL) — 4:0
"Olimpiakos" (ChL) — 2:0
"Brayton" (Liga kubogi) — 2:0

Ma’lumot uchun, Mikel Arteta shogirdlari APL turnir jadvalida 22 ochko bilan peshqadam hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!