
“Arsenal” Aleksis Sanchesni APLning eng serdaromad futbolchisiga aylantirishi mumkin
Londonning “Arsenal” jamoasi rahbariyati hujumchi Aleksis Sanchesga yangi shartnoma taklif qildi. Unga ko‘ra Chili terma jamoasi a’zosi APL uchun rekord bo‘lmish summa – haftasiga 300 ming futnt maosh oladi.
Ingliz nashrlarining yozishicha, Aleksis Sanches yangi shartnoma bo‘yicha aniq javobni bermagan. Hujumchining amaldagi maoshi haftasiga 130 ming funtni takshil qiladi. Mesut O‘zil esa haftasiga 140 ming bilan “Arsenal”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi sanaladi.
Ma’lumot uchun, chililik futbolchining London klubi bilan kelishuvi 2018 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Ayni damda “MYu” yarim himoyachisi Pol Pogba haftasiga 290 ming funt maosh bilan APLda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi.
Fikrlar