"Arsenal" Angliya kubogiga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

  • 19 iyul, 2020, 09:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" kecha Angliya kubogi yarim final bahsida "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida engdi va finalga chiqdi.

Tecno

Sky Sports Statto nashrining yozishicha, "kanonirlar” shu tariqa Angliya kubogi finaliga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu ular uchun 21-final bo‘ladi. Biroq, agar bugun “Manchester Yunayted” ikkinchi yarim final juftligida “Chelsi”dan ustun kelsa, “Arsenal”ning rekordiga etib olishi mumkin.

Aytish kerakki, “Arsenal” o‘zi ishtirok etgan finallarning 13 tasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Yana bir qiziq jihati, “Arsenal” Angliya kubogi finallarida hech qachon MYu va “Chelsi”ga yutqazmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!