"Arsenal" Arteta bilan munosabatlardan xotirjam
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan yangi shartnoma bo‘yicha muammo bo‘lmasligiga ishonmoqda.
Artetaning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yarim yil vaqt bor. Hozircha yangi shartnoma bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilgani yo‘q. Biroq "kanonirlar" bu masalada mutlaqo xotirjam. "TEAMtalk"nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis yaqin 1-2 yil ichida "Arsenal"ni tark etish niyati yo‘q. Shu sababdan, "to‘pchilar" yangi kelishuv qiyin bo‘lmasligiga ishonmoqda. Arteta 2019 yildan buyon London klubini boshqarib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" Premer-liganing 11-turidan so‘ng 26 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar