“Arsenal” “B” rejani ishga tushurdi

  • 03.07.2022 12:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" "Benfika" himoyachisi Aleks Grimaldoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi “Record” nashri.

Manbaga ko‘ra, London klubi 26 yoshli ispaniyalik futbolchini yozgi transfer oynasi paytida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Kanonirlar” Aleks borasida portugal klubiga rasmiy taklif yuborgan.

"To‘pchilar" "Bolonya" himoyachisi Aaron Xikini qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘lganidan keyin Grimaldoni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.  

2021/22 yilgi mavsum ispan futbolchisi "Benfika" tarkibida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali Aleksning narxini 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!