"Arsenal" "Barselona" futbolchisiga xaridor

  • 15.01.2026 18:40
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi "Barselona" futbolchisini sotib olishi mumkin.

Kataloniyaning "Barselona" klubiga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Dani Rodriges faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin. Manbaga ko‘ra, iste’dodli futbolchini Londonning "Arsenal" klubi jiddiy tarzda kuzatib bormoqda. Rodrigesning bozor narxi 1 million evroni tashkil etadi. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Futbolchi uchun "kanonirlar" Bilbaoning "Atletik" klubi bilan kurashishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Arsenal" Angliya Premier-ligasida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!