«Arsenal»da Jezus asosiy jamoa bilan mashg‘ulotni to‘xtatdi
«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus London klubining asosiy tarkibidan tashqarida qoldi.
Braziliyalik futbolchi so‘nggi kunlarda asosiy jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmayapti. Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, u transfer oynasi yopilguncha klubni tark etishi ehtimoli juda yuqori.
- Bu, avvalo, jamoada bizda hozir mavjud futbolchilar soni bilan bog‘liq, - deya Mikel Arteta so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.
Gabriel Jezus «Arsenal» safini 2022 yil yozida «Manchester Siti»dan kelib to‘ldirgan edi. Shundan beri u londonliklar tarkibida 123 o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va jamoadoshlariga 22 marta hal qiluvchi pas berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar