
"Arsenal" futbolchisi: Biz "Siti"ni hayron qoldiramiz
“Arsenal” darvozaboni Bernd Leno APLning “Manchester Siti”ga qarshi o‘yini oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Biz “Siti”ni hayron qoldirishimiz mumkin, chunki hamma ritmdan chiqib ketdi. Biz muvaffaqiyatli start olishimizga ishonchim komil.
Arteta “Siti” futbolchilari va murabbiyini hammadan yaxshi biladi. O‘ylaymanki, Mikelda bo‘lajak o‘yin uchun yaxshi reja bor. Biz o‘zimizni yaxshi jamoa deb hisoblaymiz”, - deydi Leno.
28 turdan so‘ng “Arsenal” APL musobaqa jadvalida 9-o‘rinda, “Manchester Siti” esa 2-o‘rinda bormoqda. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar