"Arsenal" futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi

  • 23.09.2025 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (1:1) jarohat olgan "Arsenal" vingeri Noni Madueke ikki oy davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, futbolchi to‘pig‘ pog‘onasida jiddiy muammolardan, xususan, krestsimon bog‘ uzilishi kabi og‘ir jarohatdan saqlanib qolgan. Biroq, tekshiruv natijasiga ko‘ra, unga maydonga qaytish uchun taxminan 2 oy kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli angliyalik futbolchi bu yil yozda "Chelsi"dan "Arsenal"ga 50 million funtdan ortiq mablag‘ evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!