"Arsenal" futbolchisini tezda sotib yubordi
Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Kristian Norgor endi rasmiy «Everton» futbolchisiga aylandi.
Liverpul shahri sharafini himoya qilib kelayotgan klub 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasmiy sayti orqali e’lon qildi.
Futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 7 million funt sterlingni (deyarli 8,2 million yevro) tashkil etgan. Daniyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Kristian Norgor «Arsenal» safida bor-yo‘g‘i bir mavsum to‘p surdi. U o‘tgan yil iyul oyida «Brentford» klubidan londonliklar safiga qo‘shilgan edi.
«Kanonirlar» tarkibida Norgor jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar