"Arsenal" futbolchisining ishlari yurishmayapti
"Nottingem Forest" ijara asosida jamoa safida harakat qilib kelayotgan "Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko bo‘yicha qaror qabul qildi.
BBC nashrining bergan ma’lumotiga ko‘ra, "o‘rmonchilar" rahbariyati ukrainalik futbolchining ijara shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatmoqchi. Murabbiylar shtabi kelajakda himoyachining xizmatlaridan foydalanish niyatida emas. Lekin ijara shartnomasida bitimni muddatidan oldin bekor qilish mumkin degan band ko‘rsatilmagan. Shuning uchun "Nottingem" bu borada alohida muzokaralar olib borishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Zinchenkoni "to‘pchilar" ham o‘z safida ko‘rishni istamayapti. Bunga sabab jamoada futbolchilar yetarli. London klubi safida Aleksandrga joy yo‘q.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli himoyachi joriya mavsum "o‘rmonchilar" safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi.
Fikrlar