"Arsenal"ga o‘tishi aytilgan Xulian Al’vares "Barsa" bilan kelishib oldi
«Atletiko» hujumchisi Xulian Al’vares «Barselona» bilan kelishuvga erishgan va madridliklar tarkibini tark etishga intilmoqda. Bu haqida insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Shu bilan birga, «Atletiko» rahbariyati argentinalik forvardni sotish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar Al’varesni faqat «Arsenal»ga 150 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor edi. Manbaga ko‘ra, «kanonirlar»dan tashqari, hujumchiga «Chelsi» ham qiziqish bildirgan.
Londan klubi vakillari poytaxtda «Atletiko» rahbarlari bilan uchrashuv davomida ehtimoliy bitim shartlarini o‘rgangan.
Shu bilan bir vaqtda «Atletiko» «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Unga «Aston Villa» jamoasi ham da’vogarlik sifatida qayd etilmoqda.
Yakshanba, 23 avgust kuni Al’vares yangi mavsumda ilk bor madrid klubi safida maydonga tushdi. 26 yoshli argentinalik La Liganing 2-turida «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuvida (2:2) ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushirildi.
Biroq uning qaytishi muxlislar tomonidan iliq kutib olinmadi. «Atletiko» fanatlari deyarli butun o‘yin davomida Al’varesni hayqiriq va hushtakbozlik bilan kutib oldi, bu esa futbolchining klubdagi kelajagi yanada noaniqlashib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Fikrlar