"Arsenal" Germaniya terma jamoasi futbolchisini nishonga oldi
"Arsenal" Germaniya terma jamoasi hamda "Bavariya" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchi Leon Goretskani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Bu haqida "Bayern Insider" nashri ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, yaqinda havbek joriy mavsum tugagandan so‘ng nemis klubini tark etishi ma'lum bo‘lgandi. Bu vaziyatdan esa "to‘pchilar" foydalanganib qolib, futbolchini tekinga qo‘lga kiritish haqida o‘ylamoqda. Leonning o‘zi ham o‘yin uslubini APLga mos keladi deb tahmin qilyapti.
Ma'lumot uchun, 30 yoshli futbolchi joriy mavsum myunxenliklar safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar