"Arsenal" ham yangi mavsum libosini namoyish qildi (FOTO)

  • 14 may, 2021, 21:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi o‘zining rasmiy saytida yangi mavsum uchun safar liboslarini namoyish qildi.

Tecno

Liboslar sariq rangda, elkalarida va englarida qora chiziqlari bor. Yangi ekipirovkaning o‘ziga xos xususiyati klub logotipi o‘rniga undagi asosiy element hisoblangan zambarakning surati tushurilganidir.

“Arsenal”ning texnik homiysi Adidas kompaniyasi hisoblanadi.

Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida APL musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Ular Evropa ligasi yarim finalida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berdi va EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi umidni ham yo‘qqa chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!