"Arsenal" himoyachisi yozda jamoani tark etishga yaqin
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Rikkardo Kalafyorı mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida "Football Insider" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "to‘pchilar" rahbariyati italyalik futbolchining doimiy jarohatlaridan xavotirda, shu sababli uni sotish haqida o‘ylamoqda. 23 yoshli futbolchi yaqinda jarohatdan qaytib, Angliya kubogi doirasida "Uigan"ga qarshi uchrashuvda o‘ynashga tayyor edi, ammo o‘yinoldi mashg‘ulotlari vaqtida himoyachi yana jarohat olgan.
Rikkardonıng London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun, "kanonirlar" 2024 yilda Rikkardonı "Bolonya"dan 45 million yevroga sotib olgandi. Shu davr mobaynida himoyachi 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar