"Arsenal" Ispaniyadan o‘ziga zo‘r himoyachi topdi
Londonning "Arsenal" klubi "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 22 yoshli ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, uning tovon puli 45 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Torres kuni kecha Maltaga qarshi o‘yinda Ispaniya terma jamoasi safida debyut qildi va 1 ta gol urishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Torres “Vilyarreal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “sariq suv osti kemasi” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar