"Arsenal" Italiya terma jamoasi futbolchisini xarid qilmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachi Manuel Lokatelli faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Futbolchida faoliyatini Tumanli Albion klubi qiziqish bildirmoqda.
"Goal.com" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchini Londonning "Arsenal" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Manuel "keksa senora" safida kelasi yilning yozigacha ijara asosida harakat qiladi. Yarim himoyachining to‘liq shartnomasi "Sassuolo"ga tegishli.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada beshta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar