"Arsenal" jahon chempionini sotib olmoqchi

  • 05.03.2023 16:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi va "Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.

"Goal" nashrining xabariga ko‘ra, "Arsenal" jamoasi 24 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" ustozi Mikel Arteta mazkur transferni xohlamoqda.
Aleksisning "chaykalar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali argentinalik yarim himoyachini 42 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, premer-liganing joriy mavsumida Makallister 20 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!