
"Arsenal" Jakani "qurbon qilmoqchi"
Shveytsariyalik yarim himoyachi Granit Jaka yozgi transfer oynasida "Arsenal"ni tark etishi mumkin. Daily Mail nashriga ma’lum bo‘lishicha, "kanonirlar" 30 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, London klubi rahbariyati «Vest Xem» yarim himoyachisi Deklan Raysga joy bo‘shatish uchun Jakani sotishga qaror qilgan. Aytish lozimki, Angliya terma jamoasi a’zosi "kanonirlar"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Jaka 2016 yilning iyulidan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha imzolangan.
Fikrlar