"Arsenal" katta transferga qo‘l uradi

  • 14.01.2022 18:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" jamoasi qishki transferlar oynasidagi ilk xaridni amalga oshirish arafasida. Gap shundaki, klub "Yuventus"dan Artur Meloni ijaraga olish bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi.

"Kanonirlar" mavsum oxirida braziliyalikni sotib olish huquqiga ham ega bo‘ladi. Hozirda tomonlar transferning moliyaviy taraflari borasida muzokara olib bormoqda.

"Transfermarkt" portalida 25 yoshli futbolchi 25 million evroga loyiq ko‘rilgan.

Artur ushbu mavsum "Yuventus" safida A Seriyadagi 7 bahsda ishtirok etdi, ammo birorta samarali harakat qayd etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!