"Arsenal" manchesterliklar futbolchisini sotib oldi

  • 31.08.2026 13:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasi tarkibi 20 yoshli himoyachi Xabib Ogunneye bilan toʻldirildi. Yosh futbolchi avval «Manchester Yunayted» klubi tizimiga tegishli edi. Uning ketishi haqidagi rasmiy maʼlumotni manchesterliklar matbuot xizmati eʼlon qildi.

Ogunneye mankuniyalliklar tarkibida yoshlar jamoasida oʻynab kelayotgan edi. 2025/2026 yildgi mavsumda u Angliya futboli toʻrtinchi divizionida ishtirok etuvchi «Nyuport» klubida ijara asosida maydonga tushdi.

Hozirgi paytda «Arsenal» Angliya premyer-ligasi turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.

 Mikel Arteta shogirdlarining navbatdagi uchrashuvi safarda, Birmingemning «Aston Villa» jamoasiga qarshi oʻyin boʻladi. Bellashuv dushanba, 31 avgust kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!