
"Arsenal" muxlislari uchun ajoyib xushxabar bor!
Jarohati sabab, so‘nggi ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborgan “Arsenal” forvardi Per-Emerik Obameyang 26 dekabr kuni “Chelsi”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan London derbisida ishtirok etishi mumkin.
“Kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Artetaning so‘zlariga ko‘ra, gabonlik futbolchi hozir umumiy guruhda shug‘ullanmoqda, uning ertangi o‘yinda maydonga tushish yoki tushmasligi uchrashuvdan oldin hal bo‘ladi.
6 dekabr kuni “Tottenxem”ga (0:2) qarshi o‘yinda jarohat olgan yarim himoyachi Tomas Parti “Chelsi”ga qarshi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi.
Bundan tashqari, 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan yarim himoyachi Granit Jaka jazo muddatini o‘tab bo‘lgani bois “Chelsi”ga qarshi maydonga tusha oladi.
“Arsenal” – “Chelsi” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
Fikrlar