“Arsenal” muxlislari uchun ajoyib yangilik

  • 16 iyul, 2022, 12:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin vaqt ichida “Arsenal” muxlislariga quvonchli yangilikni ma’lum qilishi mumkin.

Tecno

Boisi, yarim himoyachi Bukayo Saka "to‘pchilar" bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi bitimning shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. "Kanonirlar" 20 yoshli ingliz futbolchisi bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzolamoqchi.

Saka — "Arsenal" tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumda futbolchi londonliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!