"Arsenal" muxlislari uchun noxush xabar
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachi Mesut O‘zil hamda himoyachi Sead Kolashinatslarning ahvoli borasida xabar tarqatdi.
26 yoshli bosniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi 17-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi (0:3) bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi. Klub rasmiy saytida yozilishicha u yanvarda mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Xuddi o‘sha bellashuvda jarohat olgan O‘zil esa o‘ng oyog‘ida og‘riq sezmoqda. Germaniyalik futbolchining "Everton"ga qarshi bahsda maydonga tushish yoki tushmasligiga o‘yin kuni aniqlik kiritiladi.
Fikrlar