
"Arsenal" navbatdagi g‘alabasini "Aston Villa" ustidan qo‘lga kiritdi (video)
Angliya premer-ligasining 9-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qildi.
Londondagi o‘yin 3:1 hisobida “kanonirlar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Arsenal” safida gollarni Tomas Partey (23'), Per-Emerik Obameyang (45+6') va Emil Smit-Rou (56') kiritgan bo‘lsa, “Aston Villa” safida yagona javob golini Jeykob Remsi (82') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar