"Arsenal" nega "Manchester Yunayted"dan uzr so‘radi?
Londonning "Arsenal" klubi APLning o‘tgan turida sodir bo‘lgan voqea uchun "Manchester Yunayted"dan va shaxsan himoyachi Kris Smollingdan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni “kanonirlar” muxlislaridan biri maydonga yugurib chiqib Smollingga teginishga harakat qilgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda “Arsenal” ushbu tartibsiz muxlisni bir umrga “Emireyts”dagi uchrashuvlarga kirishdan maxrum qilgan.

Fikrlar